Tadbir ekspertlar seminari shaklida o‘tkazilib, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalariga bag‘ishlanadi.
Ma’ruza doirasida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Bryusselga tashrifi, "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" formati va "CA+" tashabbuslari doirasidagi sheriklikni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari, shuningdek, Yevropa Ittifoqining 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Ekspertlar uchrashuvida tegishli vazirlik va idoralar vakillari, yetakchi tahliliy markazlar ekspertlari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar va talabalar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.
Kutilayotgan ma’ruza ishtirokchilarga Yevropa Ittifoqining ustuvor yo‘nalishlari, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb sohalari bilan tanishish, shuningdek mintaqalararo hamkorlikka doir amaliy yondashuvlarni muhokama qilish imkonini beradi.