✅ sammitlarni Davlat rahbarlari darajasida har ikki yilda bir marta o‘tkazish va navbatdagi bunday uchrashuvlarning birini O‘zbekistonda tashkil etish taklif qilindi.
✅ O‘zbekiston Yaponiyaning adliya va huquq sohasida hamkorlik bo'yicha yangi doimiy mexanizm yaratish va kelgusi yili Tokioda adliya vazirlarining birinchi uchrashuvini tashkil etish borasidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
✅ mintaqa mamlakatlarining barqaror rivojlanishiga ko'maklashish va ularni global iqtisodiy jarayonlarga chuqur integratsiya qilishga qaratilgan “Markaziy Osiyo – Yaponiya 2040” hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
✅ O‘zbekiston mamlakatlarimizning yetakchi tahlil tuzilmalari ishtirokidagi Ekspertlar forumini taʼsis etish va forumning ilk majlisini kelgusi yili Toshkentda o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.
✅ Markaziy Osiyoning infratuzilmalari va sanoatini rivojlantirish investitsiya jamgʻarmasini taʼsis etish va Yaponiya texnoparklarining Markaziy Osiyo tarmogʻini yaratish taklif etildi.
✅ “Markaziy Osiyo – Yaponiya” raqamli xabi – raqamli yechimlar, sunʼiy intellekt, kiberxavfsizlik va innovatsion iqtisodiyot sohalarida koʻptomonlama hamkorlik platformasini yaratish tashabbusi ilgari surildi.
✅ Energetik oʻtish va “yashil” energetikani rivojlantirish boʻyicha samarali issiqlik stansiyalari, quyosh va shamol energiya qurilmalarini barpo etish, kogeneratsiya va zararli gazlardan foydalanish texnologiyalarini joriy etish kabi aniq loyihalarni birgalikda ishlab chiqish taklif etildi.
✅O‘zbekiston Toshkentda Qayta tiklanadigan energetika sohasida mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha mintaqaviy markazni tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.
✅Mintaqada havo sifatini yaxshilash boʻyicha qoʻshma dasturni ishga tushirish; Iqlim oʻzgarishi bilan kurashish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qoʻshma harakatlar rejasini qabul qilish; Muloqot doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish idoralari rahbarlarining yangi shakldagi uchrashuvlarini tashkil etish taklif etildi.
✅ O‘zbekiston Yapon ekspertlarini jalb etgan holda Markaziy Osiyoning yirik shaharlarini kompleks seysmik tekshiruvdan oʻtkazish maqsadida Seysmik barqarorlikni baholash va oshirish boʻyicha qoʻshma dasturni ishga tushirishni qo‘llab-quvvatladi.
✅ Toshkent shahrida Yaponiya standartlari va protokollari boʻyicha muhandislar, arxitektorlar va qutqaruv xizmatlari xodimlarini tayyorlash uchun Mintaqaviy malaka oshirish markazini ochishni taklif etildi.
✅ Oʻzbekistonda kelgusi yili “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatida taʼlim vazirlarining birinchi yigʻilishini, shuningdek, mintaqadagi yetakchi universitetlar rektorlarining ilk forumini o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi.
✅ O‘zbekiston yoshlar hamjamiyatlari oʻrtasida uzoq muddatli aloqalarni shakllantirish, ularning ijodiy, texnologik va professional salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan Yoshlarni rivojlantirish mintaqaviy tarmoq dasturlarini qabul qilishni qo‘llab-quvvatladi.
✅ Afgʻon xalqini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Yaponiyaning izchil pozitsiyasiga e’tibor qaratilib, birgalikdagi harakatlarimiz va umumiy hissamiz ushbu mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaviy rivojlanish, shuningdek, Afgʻonistonni mintaqaviy iqtisodiy loyihalarga faol jalb etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Batafsil: https://president.uz/ru/lists/view/8812