Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
29.12.2025
|
97
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etdi
Davlat rahbari 2025-yildagi O'zbekistonning ichki siyosatidagi yutuqlarini ta'kidlab, 2026-yil uchun ustuvor yo'nalishlarni belgiladi.

Asosiy tezislar:

✅ bu yil tariximizda birinchi marta yalpi ichki mahsulotimiz 145 mlrd. dollardan oshdi (2016-yilda 86,1 mlrd. dollarni tashkil qilgan). Kelgusi besh yilda maqsad - iqtisodiyotimiz hajmini 240 mlrd. dollardan oshirishdan iborat.

✅ mamlakatimiz oltin-valyuta zaxiralari ilk bor 60 mlrd. dollardan oshdi (2016-yilda 26,4 mlrd. dollarni tashkil qilgan).

✅ bu yil iqtisodiyotimizga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 43,1 mlrd. dollarga yetdi (2016-yilda 1,7 mlrd. dollarni tashkil qilgan).

✅ Mustaqil O'zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sun'iy yo'ldosh va mamlakatimiz fuqarosi bo'lgan birinchi o'zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo'yicha ishlar boshlandi.

✅ O'zbekiston 2030-yilga borib, IT xizmatlari eksportini 5 mlrd. dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Kelgusi yilda Toshkent shahri, Buxoro, Farg'ona va Toshkent viloyatlarida 4 ta “Data markaz”, 2 ta super-komp`yuter faoliyati yo'lga qo'yiladi.

✅ samolyotlar uchun uchuvchilar, ularga texnik xizmat ko'rsatuvchilar, aeroportlar uchun servis va boshqaruv sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Fuqaro aviatsiyasi universiteti tashkil etiladi.

✅ shaharlarni tezyurar poezdlar qatnovi bilan bog'lash uchun 2026-yildan Toshkent–Samarqand yo'nalishida yuqori tezlikda harakatlanadigan yo'lovchi poezdlar uchun yangi temir yo'l liniyasi quriladi.

✅ barcha davlat idoralarining 1 mingdan ziyod davlat xizmatlari Yagona raqamli platformaga integratsiya qilinadi.

✅ davlat kafolati ostida tashqi qarz olish masalasini ma'qullash parlament vakolatiga o'tkaziladi.

✅ tergovni ham raqamlashtirish orqali inson huquqlari himoyasini kuchaytiriladi: jinoyat haqidagi arizani qabul qilishdan boshlab, ishni sudga o'tkazishgacha bo'lgan bosqichlarga sun'iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi va inson omili qisqartiriladi.

✅ jinoyat protsessiga “xalq vakillari hay'ati” instituti bosqichma-bosqich joriy etilib, bunda o'ta og'ir va jamiyatda shov-shuvga sabab bo'layotgan jinoyatlar jamoatchilik vakillari ishtirokida ko'rib chiqilishi sud hukmining yanada adolatli bo'lishiga xizmat qiladi.

✅ korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha 2026 yilda “favqulodda holat” e'lon qilindi.

Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/8834 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom