Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
29.12.2025
|
91
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etdi
Davlat rahbari 2025-yilda O'zbekistonning tashqi siyosatdagi yutuqlarini ta'kidlab, 2026-yil uchun ustuvor yo'nalishlarni belgiladi.

Asosiy tezislar:

✅ biz dunyodagi uzoq-yaqin mamlakatlar bilan Sharq va G'arb, Shimol va Janub bilan hamkorlik ko'priklarini qurishda davom etamiz.

✅ nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, iqtisodiy institutlar bilan yaqin hamkorlik yangi bosqichga olib chiqiladi.

✅ jahonda murakkab geosiyosiy va iqtisodiy muammolar tobora avj olib bormoqda. Bunday murakkab vaziyatda barcha davlatlar bilan teng huquqli va konstruktiv munosabatlarni yanada mustahkamlash, mutanosib ochiq tashqi siyosat olib borishga qaratilgan faoliyat davom ettiriladi.

✅ yaqin qo'shnilarimiz bilan ko'p asrlik do'stlik, yaxshi qo'shnichilik, strategik sheriklik va o'zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratiladi.

✅ mintaqamiz davlatlari o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, suv, ekologiya, xavfsizlik, madaniyat va ta'lim sohalaridagi hamkorlik yanada chuqurlashtiriladi.

✅ Afg'oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, uni mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarga keng jalb qilish asosiy maqsadlarimizdan biri bo'lib qoladi.

✅ asosiy xorijiy sheriklarimiz hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qo'shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Iordaniya, Kuvayt, O'mon, Hindiston, Pokiston va boshqa davlatlar bilan ko'p qirrali va o'zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish bundan keyin ham e'tibor markazida bo'ladi.

✅ Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan yangi va istiqbolli yo'nalishlarda manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, Janubiy Kavkaz va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarni kengaytirish strategik yo'nalishlardan biri bo'ladi.

✅ nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, iqtisodiy institutlar bilan yaqin hamkorlik yangi bosqichga olib chiqiladi.

✅ Xalqaro valyuta jamg'armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va boshqa yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlikda iqtisodiyotimizni texnologik modernizatsiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish, barqaror energetika va transport loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlar davom ettiriladi.

✅ Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Turkiy davlatlar tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti doirasida an'anaviy, keng qamrovli sheriklik aloqalari yanada kengaytiriladi.

 Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/8834 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom