Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
07.01.2026
|
149
Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyevning chegara masalalarini hal qilishdagi rolini ta’kidladi
Qirg‘izistonda Sadir Japarovning davlat rahbari lavozimida faoliyat yuritganligining besh yilligiga bag‘ishlangan "Prezident" nomli to‘rt qismli hujjatli film namoyish etildi. Loyiha prezidentning shaxsiy tajribasi orqali so‘nggi besh yildagi asosiy siyosiy o‘zgarishlarni aks ettiradi.

Filmning ikkinchi qismida Sadir Japarov qirg‘iz-tojik chegarasidagi keskin vaziyat haqida gapirar ekan, murosaga kelishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bevosita maslahatlari va oqilona siyosiy pozitsiyasi muhim rol o‘ynaganligini ta’kidladi.

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev ham xuddi shunday baho berib, bu masalani hal qilishda va ikki davlat pozitsiyalarini yaqinlashtirishda aynan Prezident Shavkat Mirziyoyev muhim rol o‘ynaganligini qayd etdi.

Qo‘shni davlat rahbari faoliyatiga bag‘ishlangan filmda Shavkat Mirziyoyevning sa’y-harakatlari alohida e’tirof etilganligi nafaqat minnatdorlik ifodasi, balki uning mintaqaviy siyosat va Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta’minlashdagi haqiqiy rolini tasdiqlaydi.

Batafsil: https://telegram.me/NovostiUZ/60109

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom