Anonslar
29.01.2026
|
275
MOXIda brifing va O‘zbekiston–Xitoy ilmiy simpoziumi bo‘lib o‘tadi
2026-yil 29-yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasining Xitoy Ijtimoiy Fanlar Akademiyasi (XIFA) prezidenti Gao Syan boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Markaziy Osiyo xalqaro institutida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining 20-chaqiriq 4-plenumi yakunlariga bag‘ishlangan brifing hamda O‘zbekiston–Xitoy ilmiy simpoziumi bo’lib o‘tadi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi davlat idoralari vakillari, Xitoy Xalq Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasi, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoyning ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda akademik hamjamiyati vakillari taklif etilgan.

XIFA bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “ Global transformatsiya va davlat boshqaruvi” mavzusidagi simpozium doirasida ishtirokchilar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida davlat boshqaruvi sohasidagi hamkorlik masalalari, raqamli iqtisotiyotni rivojlantishdagi sun’iy intellektning o‘rni, milliy rivojlanish strategiyalarini uyg‘unlashtirish istiqbollari, shuningdek, “Markaziy Osiyo–Xitoy” formatida mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qiladilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom