Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
05.02.2026
|
159
"Starlink" Markaziy Osiyoda o‘z faoliyatini kengaytirmoqda
Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti Tojikistonda ishga tushdi. Birinchi o'rinda tog‘li va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlardagi bir qator muassasalarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Chunki bu joylarda yer usti aloqa infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmagan. Natijada ta’lim, sog‘liqni saqlash va mahalliy boshqaruv tizimida raqamli xizmatlardan foydalanish osonlashishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Starlink o‘tgan yildan beri Qozog‘istonda ham ishlab kelmoqda. Xizmatning mintaqada kengayishi muqobil aloqa kanallariga talab ortayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa yirik shaharlar tashqarisida, telekommunikatsiya infratuzilmasining barqarorligi va qamrovini oshirishga intilayotganini aks ettiradi.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/ru/2026/02/05/starli 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom