Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
14.03.2026
|
219
O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi A. Kamilov Global Boku forumida ishtirok etdi
Prezidentning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Abdulaziz Kamilov boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi 12–14-mart kunlari Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan XIII Global Boku forumida ishtirok etdi.

Dunyoning turli mamlakatlaridan 400 dan ortiq nufuzli vakil ishtirok etgan forum “O‘tish davrini boshdan kechirayotgan dunyoda kelishmovchiliklarni yengish” shiori ostida bo’lib o’tdi.

A. Kamilov o'z nutqida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik misli ko‘rilmagan darajada rivojlanganligini ta’kidladi. Buning asosiy omillari sifatida Ittifoqchi munosabatlar to‘g‘risidagi shartnomaning kuchga kirishi va davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyev hamda Ilhom Aliyev o‘rtasidagi ishonchli muloqoti qayd etildi.

Shuningdek, A.Kamilov mintaqaviy integratsiyaga alohida e’tibor qaratdi. U Ozarbayjonni Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida baholashini va Boku bilan yaqin hamkorlikning katta salohiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Mintaqaviy jarayonlarni rivojlantirishda muhim qadam sifatida Ozarbayjonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi formatiga qo‘shilganligini alohida ta'kidladi.

Batafsil:https://uza.uz/ru/posts/sovetnik-prezidenta-uzbekistana-po-vneshney-politike-akamilov-vystupil-na-globalnom-bakinskom-forume_831824







Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom