Anonslar
17.04.2026
|
178
MOXIda O'zbekiston-Qozog'iston ittifoqchilik munosabatlarining istiqbollari muhokama qilinadi
Joriy yil 18-aprel kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida "O'zbekiston–Qozog'iston ittifoqchilik munosabatlarining yangi bosqichi. Buxoro sammitidan so'ng qanday istiqbollar kutilmoqda?" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tadi.

Tadbir tashkilotchilari — Markaziy Osiyo xalqaro instituti hamda Toshkent shahridagi Qozog‘iston Respublikasi Elchixonasi.

Davra suhbati davomida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti K.-J. Toqayevning O‘zbekistonga 2026-yil 11-aprel kuni bo‘lib o‘tgan tashrifi yakunlari, shuningdek, O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining istiqbollari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Asosiy e’tibor strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, o‘zaro hamkorlikni ilgari surish va Markaziy Osiyo mintaqasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga qaratiladi.

Forum ishida davlat tuzilmalari, diplomatik korpus, yetakchi ilmiy-tadqiqot va tahliliy markazlari, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, ikki mamlakatning madaniy va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etadi.

Tadbir dasturida ikki tomonlama hamkorlikda ittifoqchilik munosabatlarining o‘rni, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-logistika sohalarida yangi o‘sish nuqtalarini shakllantirish, shuningdek, mintaqaviy darajada hamkorlikni chuqurlashtirish masalalariga bag‘ishlangan uchta sho’bada muhokamalar o’tkazish nazarda tutilgan.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom