O‘zbekiston Prezidenti ShHT doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Asosiy tashabbuslar:
✅ O‘zbekiston Yaqin Sharqda muloqotni qayta tiklash va keskinlikni yumshatish tarafdori ekanligini qat’iy bildiradi;
✅ ShHT mamlakatlarining ulkan insoniy, tabiiy, ishlab chiqarish va intellektual salohiyati, eng avvalo, xalqlarimiz farovonligini oshirishga xizmat qilishi lozim;
✅ o‘zaro bog‘liq va barqaror makonni shakllantirish maqsadida «ShHT – 2040: umumiy taraqqiyot makoni» konseptual qarashini ishlab chiqish taklif etildi;
✅ maxsus iqtisodiy zonalar, ishlab chiqarish jarayonlari, sotuv bozorlari va logistikani birlashtiradigan ShHT sanoat kooperatsiyasi xaritasini ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi;
✅ umumiy tamoyillarni kelishishdan ShHT Taraqqiyot bankini amalda ishga tushirishga oʻtish taklif etildi;
✅ sun’iy intellekt sohasida hamkorlik bo‘yicha butunjahon tashkilotini tashkil etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi;
✅ ShHTning ochiq ko‘p tilli ma’lumotlar korpusini shakllantirish to‘g‘risida qaror qabul qilish tashabbusi ilgari surildi;
✅ kelgusi yili Toshkent shahrida ShHTning sunʼiy intellekt va yangi raqamli yechimlar boʻyicha forumini o‘tkazish taklif etildi;
✅ 2035-yilga qadar suv va energetika samaradorligi sohasida ShHTning texnologik hamkorlik dasturini ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi;
✅ logistika infratuzilmasini rivojlantirishni muvofiqlashtirish va milliy transport tizimlarining choksiz oʻzaro bogʻlanishini ta’minlash maqsadida ShHTga a’zo davlatlarning temir yo‘l makonlarini integratsiyalash bo‘yicha Kengashni taʼsis etish taklif etildi;
✅ xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikning keng koʻlamli masalalarini muhokama qilish uchun ShHTning Afg‘oniston bilan muntazam muloqotini qayta tiklash tashabbusi ilgari surildi;
✅ xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2028–2030-yillarga mo‘ljallangan an’anaviy san’at va nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash va ommalashtirish bo‘yicha hamkorlik dasturini tayyorlash taklif etildi.
Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
01.09.2026
|
1624
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Bishkek shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar rahbarlari Kengashining yubiley majlisida ishtirok etdi.
Savolingiz bormi? AI Maslahatchi
IICA Virtual Assistant
Onlayn