Tadbir tashkilotchilari sifatida MOXI hamda A.M. Gorchakov nomidagi Jamoat diplomatiyasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (RF) ishtirok etmoqda.
Davra suhbati doirasida O‘zbekiston–Rossiya hamkorligining ta’lim, mehnat bozori va migratsiya sohalaridagi bugungi holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Kadrlar tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish, ta’lim dasturlarini mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish hamda migratsiya jarayonlarini boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Tadbirda davlat tuzilmalari, diplomatik korpus, yetakchi ta’lim, ilmiy-tadqiqot va tahlil markazlari, madaniy va jamoat tashkilotlari, shuningdek ikki mamlakat biznes hamjamiyati vakillari иштирок etadi.
Tadbir dasturida Rossiya OTMlari filiallari negizida oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va kadrlar salohiyatini shakllantirish, kadrlar tayyorlashda biznes hamda ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik modellari, shuningdek tayyorlov markazlarining mehnat migratsiyasini boshqarish vositasi sifatidagi roliga bag‘ishlangan uchta tematik sessiya o‘rin olgan.