O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Anonslar
06.09.2026
|
462
MOXIda raqamlashtirish va sun’iy intellekt sohasidagi O‘zbekiston–Rossiya hamkorligining istiqbollari muhokama qilinadi
Joriy yil 7-sentabr kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) “O‘zbekiston va Rossiyaning raqamli transformatsiyasi: milliy ustuvorliklarning tutashuv nuqtalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.

Tadbir MOXI hamda A.M. Gorchakov nomidagi Jamoat diplomatiyasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (RF) tomonidan tashkil etilmoqda.
 
Davra suhbati doirasida raqamlashtirish va sun’iy intellekt sohasidagi O‘zbekiston–Rossiya hamkorligining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, qo‘shma texnologik loyihalarni amalga oshirish hamda ikki mamlakat raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash rejalashtirilgan.
 
Tadbir dasturidan uchta mavzuli sessiya o‘rin olgan. Ularda raqamlashtirishdan sun’iy intellektni yanada keng joriy etishga o‘tish va ikki mamlakat o‘rtasidagi texnologik hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash, raqamli infratuzilma va kiberxavfsizlik masalalari, shuningdek, kadrlar salohiyati va biznesni rivojlantirish asosida O‘zbekiston–Rossiya raqamli iqtisodiyotining qo‘shma ekotizimini shakllantirish masalalari muhokama qilinadi.
 
Sun’iy intellektni qo‘llash ko‘lamini kengaytirish, ishonchli raqamli infratuzilmani yaratish hamda kiberxavfsizlik sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratiladi.
 
Tadbirda O‘zbekiston va Rossiyaning davlat tuzilmalari, diplomatik korpus, yetakchi ta’lim, ilmiy-tadqiqot va tahliliy muassasalar, shuningdek, IT-kompaniyalar hamda biznes hamjamiyati vakillari ishtirok etadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom