Tadbir MOXI tomonidan ODI Global va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Forumda Markaziy Osiyo mamlakatlari, Ozarbayjon va Buyuk Britaniyaning davlat va mustaqil tahlil markazlari, diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar, ishbilarmon va akademik doiralar vakillari ishtirok etadi.
Forum dasturidan Yevroosiyo transport bog‘liqligini rivojlantirish, muhim mineral resurslar sohasidagi hamkorlik, investorlar ishonchini mustahkamlash, shuningdek, ta’lim, kasbiy ko‘nikmalar va xavfsiz mehnat mobilligi sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga bag‘ishlangan to‘rtta mavzuli sessiya o‘rin olgan.
Forumning o‘tkazilishi joriy yil fevral oyida Londonda bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo – Buyuk Britaniya» formatidagi tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvining amaliy davomi hisoblanadi. Yangi ekspert platformasi hukumatlararo muloqotni aniq tashabbuslar bilan boyitish hamda mintaqa mamlakatlari va Buyuk Britaniya tahlil markazlari o‘rtasida barqaror aloqalarni shakllantirishga xizmat qiladi.