Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
08.10.2026
|
355
O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlatlari rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.

Davlat rahbari Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari doirasidagi hamkorlikning muhim yoʻnalishlarini belgilab berdi.

Asosiy tezislar:

 ✅ Mintaqaviy jarayon doirasida katta va murakkab tuzilmalarni tashkil etishga intilish yoʻqligi qayd etildi;

✅ Kuchli, suveren va mustaqil davlatlar o‘zaro hurmat, ishonch va pragmatizm tamoyillari asosida hamkorlik qiladigan moslashuvchan va tushunarli hamkorlik formatini shakllantirish taklif etildi;

✅ Tarixiy, iqtisodiy va transport aloqalari mavjud mintaqalar bilan yagona hamkorlik makonini shakllantirish gʻoyasi ilgari surildi;

✅ Kelgusi yili Toshkent shahrida «Tinchlik va barqaror o‘zaro bog‘liqlik yo‘lida mintaqalararo muloqot: Markaziy Osiyo yondashuvi» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish taklif etildi;

✅ «Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot» tamoyili asosida yakuniy mahsulotni birgalikda yaratish g‘oyasi ilgari surildi;

✅ 2027-yilda Xiva shahrida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon biznes forumini o‘tkazish taklif etildi;

✅ Qo‘shma investitsiya loyihalarini moliyaviy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus Platforma tashkil etish tashabbusi ilgari surildi;

✅ Yangi transport yoʻlaklari bo‘ylab ishlab chiqarish, logistika va xizmat koʻrsatish obyektlari, shuningdek, sanoat zonalarini tashkil etish orqali transport infratuzilmasini rivojlantirishning umumiy mantiqi ta’kidlandi;

✅ Infratuzilmaviy rivojlantirish bo‘yicha Kengashni tashkil etishni tezlashtirish va uning birinchi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish taklif etildi;

✅Suv resurslari taqchilligi Markaziy Osiyo taraqqiyoti uchun tobora jiddiy to‘siqqa aylanayotganligi, katta suv yo‘qotishlari mintaqamiz uchun juda qimmatga tushayotganligi bois Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy harakatlar o‘n yilligi haqidagi umumiy tashabbusimizni to‘liq amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi;

✅ Past uglerodli energetika salohiyati bo‘yicha Qo‘shma konsepsiyani tayyorlash tashabbusi ilgari surildi;

✅ Mamlakatlarimizning sanoat zonalari, agroklasterlar va transport tugunlarini ekologik modernizatsiya qilish bo‘yicha pilot Dasturni amalga oshirishni boshlash taklif etildi;

✅ Markaziy Osiyodagi muhim minerallar zaxiralarining yagona raqamli xaritasini yaratish g‘oyasi ilgari surildi;

✅ Mamlakatlarimiz imkoniyatlarini birlashtirish uchun Umumiy hisoblash infratuzilmasini yaratish tashabbusi ilgari surildi;

✅ Sohalar uchun kadrlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni ishga tushirish, ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va texnologik tadbirkorlik uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratishtaklif etildi;

✅ Ta’lim tizimini sanoat, transport, energetika, raqamli texnologiyalar va boshqa sohalarning rivojlanishi bilan bevosita bog‘lash imkonini beradigan Talab yuqori bo‘lgan kasblar va kompetensiyalar bo‘yicha Mintaqaviy atlasni ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi.

Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/9696 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom