Hurmatli hamkasblar!
Hurmatli iştirokçilar!
Bugungi davra suhbatining barça iştirokçilarini qutlaş va uning mavzusiga bildirgan qiziqişingiz uçun samimiy minnatdorlik izhor etişdan mamnunman.
Bugun biz Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi, Oliy Hazratlari Abdulla II ning ilk bor 2011-yilda naşr etilgan “Bizning sönggi eng yaxşi imkoniyatimiz: xavf-xatar davrida tinçlikka intiliş” nomli kitobi özbek tilida çop etilgani munosabati bilan töplandik.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning Iordaniya Hoşimiylar Podşohligiga tarixiy taşrifi arafasida uşbu mazmunli ğoyalarni muhokama qiliş ayniqsa dolzarbdir. Yaqin Şarq xalqaro xavfsizlik nuqtayi nazaridan eng murakkab mintaqalardan biri bölib qolmoqda.
Menimça, Podşoh Abdulla II ning kitobi xalqaro munosabatlardagi zamonaviy tendensiyalar va özgarişlarni hisobga olgan holda mintaqada keçayotgan jarayonlar hamda mavjud tahdidlarni tahlil qiliş imkonini beradi.
Kitobning “Bizning sönggi eng yaxşi imkoniyatimiz” degan nomining öziyoq mintaqa kelajagi uçun alohida mas’uliyatni anglatadi. Asar zamirida tinçlikka erişiş uçun öz vaqtida siyosiy qarorlar qabul qiliş, izçil diplomatiya olib boriş va yuzaga kelayotgan imkoniyatlardan foydalanişga tayyor böliş zarurligiga işonç mujassam.
Şu munosabat bilan bugungi muhokama uçun, menimça, alohida ahamiyatga ega bölgan uçta jihatga töxtalmoqçiman.
Birinçidan, mustahkam tinçlikka erişiş uçun siyosiy iroda, özaro işonç va murosaga tayyorlik zarur.
Kitobda Yaqin Şarq siyosatidagi muhim jarayonlarning bevosita iştirokçisi bölgan Podşoh Abdulla II ning şaxsiy kuzatuvlari hamda mintaqada tinçlik örnatilişiga tösqinlik qilgan sabablar haqidagi mulohazalari öz ifodasini topgan.
Asarda Falastin–Isroil mojarosi alohida örin tutadi. Oliy Hazratlari uşbu mojaroni Falastin xalqining qonuniy huquqlarini tan olmasdan, Isroil xavfsizligini kafolatlamasdan va murosaga tayyor bölmasdan hal etib bölmasligini ta’kidlaydi.
Podşoh Abdulla II öz hayotiy tajribasiga murojaat qilib, şunday yozadi: “Isroilliklar va falastinliklar örtasidagi mojaro bolaligimdan beri hayotimda doimiy örin egallab kelgan”.
Bu sözlar Falastin masalasi Podşohning şaxsiy va siyosiy tajribasi bilan naqadar çambarças boğliq ekanini körsatadi. Uning uçun bu nafaqat mintaqaviy muammo, balki butun Yaqin Şarq xavfsizligi istiqbollarini belgilovçi omildir.
Iordaniya qöllab-quvvatlayotgan “ikki davlat” tamoyili asosidagi yeçim — Isroil bilan yonma-yon tinçlik va xavfsizlikda yaşaydigan mustaqil Falastin davlatini barpo etiş — bu borada prinsipial ahamiyatga ega.
Uşbu yondaşuv Özbekistonning pozitsiyasiga ham mos keladi. Mamlakatimiz Falastin masalasini BMT rezolyutsiyalari va xalqaro miqyosda tan olingan “ikki davlat” tamoyili asosida adolatli va barqaror hal etiş tarafdori bölib kelmoqda.
Podşoh Abdulla II ning dinlararo totuvlik, mötadillik ğoyalarini ilgari suriş va ekstremizmga qarşi kuraşiş borasidagi qaraşlari ham e’tiborga loyiq.
Kitobda Iordaniya, Isroil, Livan va bölajak Falastin davlatining iqtisodiy integratsiyasini nazarda tutuvçi “Yaqin Şarq Benilyuksi” konsepsiyasi ilgari surilgan. Muallifning sözlariga köra, bunday birlaşma “qudratli iqtisodiy markazga aylangan bölardi”.
Bugun Iordaniya mintaqaviy hamkorlikning boşqa, yanada pragmatik şakllariga, xususan, energetika, savdo, sanoat va infratuzilma sohalarida Iroq va Misr bilan uç tomonlama hamkorlikka e’tibor qaratmoqda. Bu jihatdan Markaziy Osiyo bilan öxşaşlikni köriş mumkin: bizning mintaqamizda ham hamkorlik, iqtisodiy özaro boğliqlik va infratuzilmaviy aloqalar izçil mustahkamlanmoqda.
Ikkinçidan, Iordaniyaning pragmatik diplomatiyasi va xavfsizlik sohasidagi tajribasi mintaqaviy barqarorlikni ta’minlaş mexanizmlariga yangiça qaraş imkonini beradi.
Iordaniya murakkab geosiyosiy muhitda joylaşgan va köp yillardan buyon mintaqaviy inqirozlar oqibatlariga duç kelmoqda. Şunga qaramay, Hoşimiylar Podşohligi izçil ravişda muvozanatli taşqi siyosat yuritişga intiladi.
Podşoh Abdulla II öz mamlakatining holatini tavsiflab: “Men notinç qöşniçilik muhitida yaşayman”, — deya ta’kidlaydi. Uşbu qisqa ibora har bir davlatning xavfsizligi uning atrofida keçayotgan jarayonlarga boğliq bölgan Yaqin Şarq geosiyosiy voqeligini çuqur anglaşni ifodalaydi.
Iordaniya yondaşuvining öziga xosligi prinsipiallikni pragmatizm bilan uyğunlaştirişda namoyon böladi. Amman xalqaro va mintaqaviy hamkorlar bilan konstruktiv munosabatlarni saqlaydi, muloqot kanallarini oçiq tutadi hamda kelişmovçiliklar hamkorlik uçun tösiqqa aylanmasligiga intiladi.
Bizningça, uşbu tajriba murakkab mintaqaviy şaroitni hisobga oliş, qarama-qarşilikdan qoçiş va ayni paytda milliy manfaatlarni himoya qiliş nuqtayi nazaridan e’tiborga loyiq.
Podşoh Abdulla II tomonidan 2015-yilda boşlangan Aqaba jarayoni ana şunday yondaşuvning amaliy ifodalaridan biridir. Uşbu xalqaro taşabbus terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşda davlatlar örtasidagi muvofiqlaştirişni kuçaytiriş, tajriba almaşiş va xavfsizlikni ta’minlaş böyiça umumiy yondaşuvlarni işlab çiqişga qaratilgan. Uning moslaşuvçan formati qat’iy institutsional tuzilmalar yaratmasdan, davlatlar va xalqaro hamkorlarni muayyan vazifalarni hal etiş yölida birlaştiriş imkonini beradi.
Yaqinda, 2026-yil 6-noyabr kuni Ostona şahrida Aqaba jarayoni doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uçraşuvi bölib ötdi. Bu mintaqa mamlakatlarining Iordaniya bilan, jumladan, Özbekiston va Iordaniya örtasida mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişda muhim bosqiç böldi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev öz nutqida zamonaviy tahdidlarga qarşi kuraş nafaqat texnologik yeçimlar va huquqni muhofaza qiliş çoralarini, balki ta’lim, ma’rifat va inson salohiyatini rivojlantiriş sohalarida tizimli işlarni ham talab etişini ta’kidladi. Bunda ikki yetakçining qaraşlari muştarakligi yaqqol körinadi: ekstremizmga qarşi kuraş faqat xavfsizlik çoralariga emas, balki mötadillik, dinlararo totuvlik, ma’rifat va mustahkam ijtimoiy qadriyatlarga ham tayanişi lozim.
Uçinçidan, Markaziy Osiyo, Iordaniya va Körfaz davlatlari yanada yaqin mintaqalararo hamkorlikni rivojlantiriş uçun katta salohiyatga ega.
Sönggi yillarda Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş yölida katta yölni bosib ötdi. Mintaqa davlatlari rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli uzoq yillar davomida töplanib qolgan köplab ziddiyatlarni bartaraf etiş, işonçni tiklaş va yaxşi qöşniçilikning mutlaqo yangi muhitini şakllantirişga erişildi.
Bugun Markaziy Osiyo suverenitetni hurmat qiliş, konsensus, bir-birining manfaatlarini hisobga oliş va qöşma taşabbuslarni amalda röyobga çiqarişga asoslangan öz mintaqaviy hamkorlik modelini şakllantirmoqda. Bu yondaşuvlar Podşoh Abdulla II ning kitobida bayon etilgan ğoyalarga hamohang: har bir davlatning barqarorligi köp jihatdan qöşnilari bilan munosabatlari va özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöya olişiga boğliq.
Yaqin Şarq, jumladan, Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi mamlakatlari va Iordaniya bilan hamkorlik Markaziy Osiyoning taşqi aloqalarini kengaytirişdagi muhim yönalişlardan biridir. Markaziy Osiyo va Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi rahbarlarining 2023-yil iyul oyida Jidda şahrida ötgan birinçi sammiti aloqalarni kengaytiriş, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantiriş va uzoq muddatli iqtisodiy loyihalarni amalga oşiriş uçun siyosiy asos yaratdi.
Şu bilan birga, Iordaniya va mintaqadagi boşqa hamkorlar imkoniyatlaridan foydalanib, Markaziy Osiyoning Yaqin Şarq bilan aloqalarini yanada mustahkamlaş muhim. Bu iqtisodiy hamkorlik va qöşma taşabbuslar uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Hurmatli hamkasblar!
Özbekiston–Iordaniya munosabatlarining izçil rivojlanişi haqida ham bir neça söz aytmoqçiman.
Oliy Hazratlari Podşoh Abdulla II ning 2025-yil avgust oyida Özbekistonga davlat taşrifi ikki tomonlama hamkorlikdagi muhim bosqiç böldi. Uning yakunida turli yönalişlarni qamrab oluvçi 15 ta hujjat imzolandi.
Ötgan davrda aniq amaliy natijalarga ham erişildi. 2026-yil fevral oyida Özbekiston–Iordaniya işbilarmonlar kengaşi taşkil etildi, aprelda Qöşma hukumatlararo komissiyaning birinçi yiğilişi bölib ötdi, 30-iyun kuni esa Amman va Toşkent örtasida muntazam töğridan-töğri aviaqatnovlar yölga qöyildi.
Şunday qilib, Özbekiston–Iordaniya munosabatlari izçil ravişda amaliy mazmun bilan boyib bormoqda, bu esa ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş uçun asos yaratadi. Şu munosabat bilan şerikligimizga qöşimça sur’at berişi mumkin bölgan uçta ustuvor yönalişni ajratib körsatmoqçiman.
Birinçisi — iqtisodiyotlarimizning bir-birini töldiruvçi imkoniyatlari va investitsiyaviy hamkorlik. Iordaniya farmatsevtika, tibbiyot, kimyo sanoati va xizmatlar sohasida raqobat ustunliklariga ega. Özbekiston esa katta tabiiy, işlab çiqariş va inson resurslari, şuningdek, keng içki bozorga ega. Uşbu imkoniyatlarni birlaştiriş qöşma işlab çiqarişlarni yölga qöyiş, mahalliylaştiriş, savdoni kengaytiriş va uçinçi mamlakatlar bozorlariga çiqiş uçun şaroit yaratadi.
Ikkinçisi — suv va iqlim bilan boğliq muammolarga bardoşlilikni oşiriş. Iordaniyaning suvdan oqilona foydalaniş, zamonaviy suğoriş texnologiyalari va qişloq xöjaligini iqlim özgarişiga moslaştiriş tajribasi biz uçun amaliy qiziqiş uyğotadi. Suv va iqlim muammolarining öxşaşligi texnologiyalar, ilmiy işlanmalar va amaliy yeçimlar almaşiş, şuningdek, qöşma ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarni amalga oşiriş imkonini beradi.
Uçinçisi — transport boğliqligi va gumanitar hamkorlik. Aviaqatnovlarni rivojlantiriş, logistika mexanizmlarini takomillaştiriş va işbilarmonlik aloqalarini kengaytiriş Markaziy Osiyo va Yaqin Şarq örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaşi mumkin. Ta’lim, fan, turizm va madaniy-gumanitar almaşinuvlar bu borada muhim örin tutadi. Universitetlar, tibbiyot va tadqiqot muassasalari, din va islom merosini örganiş markazlari örtasidagi hamkorlik ayniqsa istiqbollidir.
Tahlil markazlari örtasidagi hamkorlik istiqbollarini ham alohida qayd etmoqçiman. MOXI Iordaniya tadqiqot muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlaş, qöşma ekspertlik tadbirlarini ötkaziş va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantiriş böyiça amaliy tavsiyalar tayyorlaşdan manfaatdor. Işonçim komilki, ekspertlar muloqoti siyosiy jarayonlarga hamroh böliş bilan çeklanmasdan, taşabbuslarni işlab çiqiş va hamkorlik kun tartibini şakllantirişning mustaqil vositasi bölişi kerak.
Hurmatli hamkasblar!
Sözim yakunida Markaziy Osiyo va Yaqin Şarq özaro manfaatli hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş, mintaqaviy xavfsizlik va davlatlararo işonçni mustahkamlaş uçun katta salohiyatga ega ekanini ta’kidlamoqçiman.
Işonçim komilki, bugungi muhokama Podşoh Abdulla II ning ğoyalarini çuqurroq anglaş, mintaqalararo hamkorlikka yangi yondaşuvlar işlab çiqiş va Özbekiston–Iordaniya hamkorligining istiqbolli yönalişlarini aniqlaşga xizmat qiladi.
Barça iştirokçilarga mazmunli muhokama tilayman. Uşbu masalalarga e’tiboringiz uçun rahmat!