TURKMANISTON
22.05.2024
Transkaspiy xalqaro transport yo'lagi Ashxobod va Bryussel o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini belgilaydi!
Bryusselda Yevropa Ittifoqining “Global Gateway” tashabbusi imkoniyatlari va Transkaspiy transport koridorining to‘liq imkoniyatlaridan foydalanishga bag‘ishlangan "davra suhbati" bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yevropa komissiyasi rahbarlari va Turkiya, Ozarbayjon, Ruminiya, Qozog‘iston, Turkmaniston diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, transport va logistika kompaniyalari sohasidagi turli tadqiqot tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.