Uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 7-Maslahat uchrashuvida O‘zbekiston raisligining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘zbek-turkman hamkorligini rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, Xalqaro tinchlik va ishonch yili doirasida mintaqaviy davlatlararo aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
A. Gurbanov o‘z navbatida Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklikning yuqori darajasi, o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbollari hamda mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi muhim masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni faollashtirish zarurligini qayd etdi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarining mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, “Markaziy Osiyo+” formatida dunyoning yetakchi davlatlari va tashkilotlari bilan muloqotni kengaytirish uchun samarali mexanizm sifatida muhimligi alohida ta’kidlandi.
MOXI direktori Javlon Vaxabov do‘stona qabul uchun Turkmaniston tomoniga minnatdorlik bildirib, Turkmanistonning joriy yilni Xalqaro tinchlik va ishonch yili deb e’lon qilish tashabbusi Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlash va hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan mintaqaviy siyosat maqsadlarini to‘liq aks ettirishini ta’kidladi.

Tomonlar O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga o‘zaro sodiqligini tasdiqlab, ustuvor sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun katta salohiyat mavjudligini qayd etdilar.