Uchrashuvda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari ikki tomonlama asosda, shuningdek yangi “Markaziy Osiyo – Buyuk Britaniya” hamkorlik formati doirasida ko‘rib chiqildi.

Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Javlon Vaxabov so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida turli darajalarda o‘zaro tashriflar dinamikasining sezilarli darajada faollashgani ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish uchun mustahkam siyosiy-diplomatik zamin yaratganini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Mark Kleyton O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotgan bir sharoitda Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qilish uchun yangi format va maydonlar ochilayotganini, jumladan BMT va boshqa mintaqalararo tuzilmalar doirasida hamkorlik imkoniyatlari kengayib borayotganini qayd etdi.
