Voqealar
05.09.2025
|
253
Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi MOXIda ochiq ma’ruza qildi
2025-yil 3-sentyabr kuni Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi Ilhom Tua Bin Illias Markaziy Osiyo xalqaro institutida ochiq ma’ruza qildi.

Tadbir davomida Malayziya tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, o‘zbek-malayziya ikki tomonlama munosabatlarini rivojlantirish masalalari hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarining “Markaziy Osiyo+ASYEAN” formatida mintaqadagi davlatlar bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Tadbirda kabi yetakchi ilmiy va tadqiqot markazlari vakillari, jumladan, Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti xodimlari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kabi ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari, shuningdek mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Elchi o‘z ma’ruzasida Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish va inson kapitali salohiyatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarda O‘zbekistonning yutuqlariga alohida e’tibor qaratdi. Elchining ta’kidlashicha, “O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlarini birlashtirishda muhim o‘rin tutadi va global maydonda tobora faol ishtirokchiga aylanmoqda.

Malayziya Elchisi ikki tomonlama aloqalarning faollashuvi, turizm va ta’lim sohasidagi qo‘shma loyihalar va istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini alohida qayd etdi. Bugungi kunda Malayziya universitetlarida 600 nafardan ortiq o‘zbekistonlik talabalar tahsil olayotganligi, 2024-yilda 19 mingdan ortiq mamlakatimiz fuqarolari sayohat qilish uchun Malayziyaga tashrif buyurganligi ta’kidlandi.

Ma’ruzada iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, raqamlashtirish, energetikani barqaror rivojlantirish, logistika, shuningdek, madaniy-ta’lim almashinuvi sohalarida Markaziy Osiyo va ASEAN hamkorligining strategik ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tadbir ikki tomonlama va mintaqalararo hamkorlikning ahamiyatini yana bir bor tasdiqlab, O‘zbekiston va Malayziya, shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ASEAN o‘rtasida iqtisodiy, madaniy va ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlarni ochib berdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom