Suhbat avvalida Sh.M.Mirziyoyevning 2023 yil fevral oyida Qohiraga tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning samarali natijalari ta’kidlab o’tildi. Tashrif davomida ikki davlat o‘rtasida qulay shart-sharoitlar yaratish, gaz-kimyo, toʻqimachilik, elektrotexnika, zargarlik va farmatsevtika sanoati kabi sohalarga oʻzaro investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Movarunnahr va Misrda yashab ijod etgan ajdodlarimizning noyob ilmiy-ma’rifiy merosi, asarlari xalqimiz, butun musulmon olami uchun bebaho boylikdir. Elchi misrliklar O‘zbekistonni nafaqat tarixiy Samarqand va Buxoro shaharlaridan, balki Toshkent xalqaro kinofestivali va Ahmad Al-Farg‘oniy ixtiro qilgan nilometr tufayli ham bilishini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar umumiy mintaqaviy ustuvorliklarni ilgari surish maqsadida ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida almashinuvni faollashtirishga kelishib oldilar. Diplomat MOXI va Misrdagi yetakchi tahlil markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.