Uchrashuv davomida tomonlar KOICA ning O'zbekistondagi faoliyati Koreya va O'zbekiston o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning yorqin namunalaridan biri ekanligini ta'kidladilar.
KOICA ta'lim, sog'liqni saqlash, davlat boshqaruvini takomillashtirish va mamlakatning “yashil” rivojlanishini rag'batlantirishga qaratilgan turli dasturlarni amalga oshiradi.
Suhbat davomida ta’kidlanganidek, vakolatxona o‘z faoliyati davomida 2100 nafardan ortiq amaliyotchilarni Koreyaga turli sohalarda texnik ko‘nikma va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha o‘quv dasturlarida ishtirok etish uchun taklif qilgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu uchrashuv KONICA va MOXI o'rtasidagi munosabatlarning boshlanishi ekanligini ta'kidlab, ustuvor yo'nalishlar bo'yicha tashkilotlar o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga umid bildirdi.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) 1991 yilda Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan hukumatni rivojlanishga ko'maklashuvchi davlat rasmiy tashkiloti sifatida tashkil etilgan. KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 1995 yilda ochilgan bo‘lib, mamlakatning umumiy barqaror rivojlanishi uchun turli yordam dasturlarini amalga oshiradi.