Suhbat davomida tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy holati va istiqbollarini, jumladan, o‘zaro savdoni kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, transport-logistika hamda energetika sohalaridagi aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
O‘zaro savdoda barqaror ijobiy dinamika kuzatilayotganligi ta’kidlab o‘tildi. So‘nggi olti yil ichida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi uch barobarga oshib, 2019-yilda $617 mln.dan 2025-yil yakunlari bo‘yicha $1,6 mlrd.ga yetdi.
MOXI direktori J. Vaxabov O‘zbekistonning savdo va investitsiyalar, shuningdek, transport-logistika hamda energetika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligini qayd etdi. Afg‘onistonni mintaqaviy va mintaqalararo loyihalarga jalb etish muhimligi ta’kidlandi.

O‘z navbatida, Afg‘oniston Savdo va sanoat vaziri o‘rinbosari A.Zahid O‘zbekiston Afg‘onistonning Markaziy Osiyodagi muhim hamkori ekanligini ta’kidladi. Ikki mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilgan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, transport-logistika hamda energetika yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar bevosita aloqalarni muntazam qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarni tezkor aniqlash va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy yechimlarni ishlab chiqish maqsadida ekspertlik maslahatlashuvlarini davom ettirishga kelishib oldilar.

