Voqealar
28.08.2025
|
290
MOXI direktori va Vengriya Elchisi ekspertlik hamkorligini kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda
Markaziy Osiyo xalqaro Institutida (MOXI) direktor Javlon Vaxabov O‘zbekistondagi Vengriya Favqulodda va Muxtor Elchisi József Rózsa bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, jumladan Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) doirasida faol muloqot olib borish hamda MOXI va yetakchi vengriya tahliliy markazlari o‘rtasida ekspertik hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Alohida e’tibor joriy yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga qilgan rasmiy tashrifi natijalariga qaratildi. Mazkur tashrif davomida iqtisodiyot, ta’lim, transport va madaniyat sohalarini qamrab olgan bir qator hujjatlar imzolangan edi. Ta’kidlanganidek, Vengriya Yevropa Ittifoqining faol a’zosi va TDTning to‘laqonli ishtirokchisi sifatida Markaziy Osiyo va Yevropani bog‘lovchi noyob ko‘prik vazifasini bajaradi.

MOXI direktori J.Vaxabov ta’kidlashicha, Vengriya ilmiy-tadqiqot institutlari bilan barqaror ekspertlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish qo‘shma tahliliy materiallar va nashrlarni tayyorlash, shuningdek, mintaqaviy rivojlanish, innovatsiyalar va madaniy almashinuvga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi.

Shu munosabat bilan, Elchi József Rózsa elchixona tomonidan bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yishda, qo‘shma tadbirlarni tashkil etishda va ilmiy-akademik almashinuvni mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida amaliy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishda, jumladan ishchi tashriflar, ekspertlar muhokamalari va loyihaviy tadbirlarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatdorlik yana bir bor tasdiqlandi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom