Voqealar
29.05.2025
|
246
MOXI “Markaziy Osiyo – 2050” forsight seminarida ishtirok etdi
Poytaxtimizda “Markaziy Osiyo – 2050: umumiy farovonlik va barqarorlik sari yo‘l ochish” mavzusida birinchi mintaqaviy forsight seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar tashabbuskori O‘zbekiston Respublikasi Strategik islohotlar agentligi, shuningdek, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti, Qozog‘iston Respublikasi Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi tashkilotchilari bo‘ldi.

Seminarda Markaziy Osiyoning barcha besh davlatidan davlat organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, mustaqil ekspertlar hamjamiyati va yoshlar ishtirok etdi.

MOXI direktori oʻrinbosari Sherzod Fayziev seminar kontseptsiyasi savdo, energetika, transport, ekologiya, raqamli kommunikatsiyalar va madaniy oʻziga xoslik kabi sohalarda integratsiyani chuqurlashtirishning strategik qarashlarini oʻz ichiga olganini taʼkidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev siyosati va qo‘shni davlatlarning siyosiy irodasi tufayli keyingi yillarda mintaqadagi vaziyat tubdan o‘zgarganini alohida ta’kidladi. Markaziy Osiyo qarama-qarshilikdan ijodiy kun tartibiga o‘tdi va uchrashuvlar formatining o‘zi barcha tomonlar manfaatdorligini ko‘rsatadi.

Seminar davomida, shuningdek, ikkita ustuvor vazifa belgilab olindi: qaysi jarayonlar muqarrar, qaysilari ehtimoli va Markaziy Osiyo davlatlarining birgalikdagi qarorlariga bog‘liqligini tushungan holda mintaqa kelajagi haqida umumiy strategik tasavvurni shakllantirish; va uzoq muddatda mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surish va amalga oshirishga tayyor bo'lgan mutaxassislar, davlat xizmatchilari va tadqiqotchilardan iborat barqaror ekspert hamjamiyatini yaratish.

Birinchi mintaqaviy forsight seminari qo‘shma strategik yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida uzoq muddatli muloqotni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Muhokamalar natijasida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar mintaqa davlat rahbarlarining bo‘lajak Maslahat uchrashuvi kun tartibini shakllantirishga xizmat qiladi, shuningdek, rivojlanish va innovatsiyalar sohasida barqaror hamkorlik uchun zamin yaratadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom