Voqealar
15.03.2024
|
217
MOXI va BMTning Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash yoʻllarini muhokama qildi
Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Javlon Vaxabov BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (UNRCCA) rahbari Kaxa Imnadze bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida Markaziy Osiyodagi jarayonlarning rivojlanishi, C5+1 formatlari, UNRCCA va MOXI o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning istiqbollari va yo’nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

K.Imnadze O‘zbekiston rahbari tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaqinlashishga qaratilgan yaxshi qo‘shnichilik va ochiqlik siyosatidan minnatdorlik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday konstruktiv yo’nalish tufayli so‘nggi bir necha yil ichida mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash uchun o‘ziga xos sharoitlar yaratildi.

Uchrashuv davomida diplomat ushbu tashkilot vakolatidan kelib chiqqan holda UNRCCA faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida gapirdi. Shu tariqa diplomat siyosat va xavfsizlik sohasi, mintaqadagi suv resurslari masalalari, ayollar va yoshlar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni hal etishni ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgiladi.

Suhbat yakunida K.Imnadze Institut tadbirlarida faol ishtirok etib, MOXI bilan doimiy aloqalarni davom ettirishga, shuningdek, Institut va mintaqaviy tahliliy tuzilmalar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga hamda Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va farovonlikni mustahkamlash manfaatlari yo‘lida Osiyo ekspertlar forumi doirasida koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom