Voqealar
26.04.2025
|
233
MOXI va Dubaydagi b’huth markazi akademik hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti (MOXI) direktori Javlon Vahabov Muhammad Baharun, Dubay Jamoatchilik Siyosatini Tadqiq qilish Markazi (b’huth) bosh direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ikki muassasa o‘rtasida akademik va ekspertlik hamkorligini rivojlantirish imkoniyatlari, jumladan, qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, mutaxassislar almashinuvi va siyosiy muloqot uchun tematik platformalar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Muhammad Baharun tahlil markazlari mintaqaviy anglashuv va barqarorlikni mustahkamlashda muhim o’rin egallashini, ayniqsa Birlashgan Arab Amirliklarining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarni kengaytirishga qiziqishi ortib borayotganini ta’kidladi.

Ta’kidlandiki, bugungi kunda BAA o‘z iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistonga faol investitsiya kiritmoqda.

Tomonlar ilmiy tadqiqotlar, ekspertlar almashinuvi va siyosiy tahlil sohalarida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish orqali barqaror hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom