Mari Favro IFEACning Yevropada Markaziy Osiyo bo‘yicha yetakchi tadqiqot tashkiloti sifatidagi roli o‘zaro anglashuvni chuqurlashtirish va qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Ikkala tashkilot ham o‘z hissalari va tajribasi bilan mintaqani rivojlantirish va barqarorlikka qaratilgan samarali strategiya va yechimlarni ishlab chiqishga hissa qo‘shishi aytib o'tildi.
Tomonlar ilmiy va tadqiqot tuzilmalari Markaziy Osiyoning muhim siyosiy tavsiyalarini ishlab chiqish va dolzarb muammolarini hal qilish uchun o‘z bilim va resurslarini faol safarbar qilishi mumkinligiga qo'shildilar. Infratuzilmani rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy taraqqiyotni oshirish kabi mintaqaning eng muhim masalalari bo‘yicha birgalikda ishlash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Ushbu hamkorlik Markaziy Osiyo va Fransiya o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlashda, shuningdek, bugungi kunda mintaqa duch kelayotgan murakkab va ko‘p qirrali muammolarni hal qilishga yordam beradigan bilim almashish va birgalikda tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim qadam bo‘lishni va’da qilmoqda.