Uchrashuv davomida ikki institut xalqaro xavfsizlik va mintaqaviy barqarorliksohalarida ekspertlik muloqotini rivojlantirish va qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazishgaqaratilgan hamkorlik memorandumi imzoladi.
Tomonlar ta’kidlaganidek, Ispaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar uzoqtarixiy ildizlarga ega. VIII asrning boshlarida hozirgi Ispaniya va O‘zbekistonhududlari Umaviylar xalifaligi tarkibida bo‘lib, bu ikki mintaqa o‘rtasida madaniyva ilmiy almashinuvga zamin yaratgan. Aynan shu davrda Ispaniyada Abu Ali Ibn Sino, Al-Xorazmiy va Al-Farg‘oniy kabi buyuk o‘zbek olimlarining asarlarimashhur bo‘lib, ular Yevropa ilm-fanining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Shuningdek, XIV asrda Amir Temur Kastiliya qiroli Enrike III bilan diplomatikaloqalar o‘rnatgan va natijada taniqli elchi Ruy Gonsales de Klavixoboshchiligidagi elchilik missiyasi uning saroyiga yuborilgan. Bu tashrif ikkimintaqa o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga va madaniy almashinuvniboyitishga xizmat qilgan.
Shu tarixiy asosga tayanib, Manuel Morato Ispaniya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagiuzoq yillik aloqalar zamonaviy ilmiy hamkorlik uchun mustahkam poydevoryaratishini ta’kidladi. U mintaqaning global manfaatlar chorrahasidajoylashganligini e’tirof etib, barqaror taraqqiyot va xavfsizlikni ta’minlash uchunchuqur ilmiy-tahliliy yondashuv zarurligini qayd etdi.
Javlon Vahabov esa ikki tahliliy markaz o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishmuhimligini ta’kidlab, ekspertlar almashinuvini rivojlantirish xalqaro siyosatdasodir bo‘layotgan jarayonlarni chuqur tahlil qilish va kelajakdagi yo‘nalishlarnianiqlash imkonini berishini qayd etdi, ayniqsa Markaziy Osiyoning jadalrivojlanishi kontekstida.

Muzokaralar yakunida tomonlar siyosat va xavfsizlik, savdo va investitsiyalar, mintaqaviy bog‘liqlik hamda madaniy-tarixiy meros kabi yo‘nalishlarda qo‘shmatadqiqotlar olib borishni nazarda tutuvchi hamkorlik kelishuvini imzoladi.