Muzokaralar davomida O'zbekiston–Latviya sherikligini rivojlantirish masalalari, shuningdek, ikki mamlakatning tahliliy markazlari o'rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Elchi G.Yaunzems O'zbekiston va Latviya o'rtasidagi munosabatlar rivojlanishining ijobiy dinamikasini, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikning mustahkamlanayotganligini ta'kidlab, Markaziy Osiyoda barqaror hamkorlik modeli shakllanishida Toshkentning qo'shayotgan hissasiga alohida e'tibor qaratdi.
MOXI direktori J.Vaxabovning ta'kidlashicha, ushbu jarayonda o'zaro manfaatli sheriklik aloqalarini yo'lga qo'yishda tadqiqot va tahliliy tuzilmalarning faol ishtirok etishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
O'z navbatida, LXMI direktori K.Bukovskis ikki mamlakat tahliliy markazlari o'rtasida professional hamkorlikning barqaror mexanizmlarini shakllantirish zarurligiga e'tibor qaratdi.
Hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari sifatida ekspertlar fikr almashuviga qaratilgan qo'shma tadbirlar tashkil etish, shuningdek, o'zaro qiziqish uyg'otgan dolzarb masalalar bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va ularning natijalarini qo'shma nashrlarda e'lon qilish belgilandi.
Uchrashuv yakunida MOXI va LXMI o'rtasida O'zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat MOXI va LXMI o'rtasidagi ekspertlik hamkorligini institutsional jihatdan mustahkamlashni nazarda tutadi.
Latviya xalqaro munosabatlar instituti 1992-yilda tashkil etilgan bo’lib, Latviyaning yetakchi tahliliy markazlaridan biri hisoblanadi. Institut siyosat, xavfsizlik va iqtisodiyot sohalaridagi tadqiqotlarga ixtisoslashgan. Institut siyosat, xavfsizlik va iqtisodiyot sohalarida tadqiqot olib borish bilan shug‘ullanadi. LXMI o‘z faoliyati davomida keng qamrovli ekspert baholari va amaliy tavsiyalarni taqdim etish orqali Latviya tashqi siyosati shakllanishida muhim o‘rin egallaydi.