Uchrashuv davomida tomonlar ikki ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini, jumladan qo‘shma tahliliy loyihalarni amalga oshirish, mavzuli muhokamalar o‘tkazish, ilmiy xodimlar almashinuvi hamda sohaga oid tadbirlarni tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Javlon Vaxabov so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi siyosiy-diplomatik aloqalar faollashib borayotgan sharoitda, yuqori va oliy darajadagi muloqotni mazmunan hamda amaliy jihatdan ta’minlashda tahliliy markazlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashning ahamiyati ortib borayotganini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Piter Lankesa tizimli ekspertlik hamkorligini kengaytirish ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik ustuvor yo‘nalishlariga mos keladigan amaliy g‘oya va tashabbuslarni ishlab chiqishga xizmat qilishini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida ikki institut o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Ushbu hujjat ekspert muloqotini rivojlantirish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish hamda mintaqaviy rivojlanish va xalqaro kun tartibiga oid masalalar bo‘yicha muhokamalar tashkil etishni nazarda tutadi.
