Shumkarbek Adilbek uulu mintaqaviy hamkorlik va muloqot jarayonlarining yuksak darajasi hamda ijobiy dinamikasini ta’kidladi, amaliy yechimlarga yo‘naltirilgan tadqiqotlarga ehtiyoj ortib borayotganini qayd etdi.
O‘z navbatida, direktor Javlon Vaxabov institutlar o‘rtasida “yagona tadqiqot makoni”ni shakllantirish zarurligini aytib o'tdi va amaliy mexanizmlar sifatida ekspertlar uchun akademik mobillikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish, metodologik konferensiyalar hamda ekspert muhokamalarini muntazam tashkil etishni taklif qildi.
Uchrashuv yakunida MOXI va MSTI 2025–2026-yillar uchun Qo‘shma Harakatlar Rejasini imzoladi. Hujjat qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, muntazam ekspert muloqotlari va tematik seminarlarni o‘tkazish, analitik materiallar almashinuvi, qo‘shma nashrlar hamda tegishli vazirlik va idoralar uchun siyosiy tavsiyalar tayyorlashni nazarda tutadi. Shuningdek, stajirovkalar va master-klasslar kabi ta’limiy formatlar ishga tushiriladi.
MOXI va MSTI akademik hamkorlikni chuqurlashtirishga sodiqligini tasdiqlab, mintaqaviy kun tartibiga ekspert hamjamiyatining hissasini kuchaytiruvchi barqaror hamkorlik kanallarini rivojlantirishga intilmoqda.