Voqealar
05.02.2026
|
230
MOXIda Gretsiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-yil 20-yanvar kuni Markaziy Osiyo Xalqaro instituti (MOXI)da Institut direktori Javlon Vahabovning Gretsiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Paraskevi Tseveleki bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida o‘zbek-gretsiya hamkorligining dolzarb masalalari, mintaqaviy va xalqaro vaziyat, shuningdek, tahliliy tuzilmalar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

MOXI direktori J. Vahabov Elchini Institut faoliyati, uning maqsad va vazifalari bilan tanishtirib, Markaziy Osiyodagi jarayonlar hamda mintaqa davlatlarining “MO+” platformasi doirasidagi o‘zaro hamkorligi haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘z navbatida, Gretsiya elchisi P. Tseveleki O‘zbekiston rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan, mamlakatni har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy modernizatsiya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni yuksak baholadi.

Shu bilan birga, olib borilayotgan mintaqaviy siyosatning muhimligi, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuv formati muhim o‘rin tutishi alohida qayd etildi.

O‘zbekiston va Gretsiyaning tahliliy tuzilmalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishchi aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, qo‘shma tadbirlar tashkil etish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ko‘p tomonlama formatlar doirasida ekspert muhokamalari va boshqa qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom