Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, shuningdek “Markaziy Osiyo – ASEAN” formati doirasida o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, MOXI direktori institut faoliyati, uning maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berib, “MO+” formati doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini taqdim etdi.
Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Indoneziyaning tahliliy tuzilmalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishchi aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek ekspertlik tadbirlarida o‘zaro ishtirok etish istiqbollarini muhokama qildilar. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo va ASEAN mamlakatlari ekspertlari ishtirokida mintaqaviy tahliliy forumlarni o‘tkazishning ehtimoliy formatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda ikki tomonlama sheriklik va ko‘p tomonlama formatlar doirasida amaliy tashriflar va ekspertlik muhokamalarini o‘z ichiga olgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyorliklarini bildirdilar.