Uchrashuvda tomonlar MOXI delegatsiyasining Moskvaga tashrifi yakunlarini muhokama qildilar va muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni amaliy amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.

S.Pritchin MOXI va IMEMO RAS o‘rtasida imzolangan Hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning ahamiyatini yuqori baholab, uning ikki tomonlama munosabatlar uchun muhimligini ta’kidladi.

Muhokama davomida ishtirokchilar institutlar oʻrtasida ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha keyingi qadamlar va joriy yilda rejalashtirilgan qoʻshma tadbirlarni tashkil etish boʻyicha kelishib oldilar.
Tomonlar bugungi kundagi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, shu jumladan “Markaziy Osiyo – Rossiya” formati doirasidagi hamkorlikga alohida e’tibor qaratdilar.

Uchrashuv so‘ngida ishtirokchilar ikki institut o‘rtasidagi ilmiy tadqiqot hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida ekspertlar muloqotini davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.