Voqealar
29.01.2026
|
196
MОХIda O‘zbekiston-Xitoy ilmiy simpoziumi doirasida protokol uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 29-yanvar kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida Xitoy Xalq Respublikasidan O‘zbekistonga tashrif buyurgan Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi prezidenti Gao Syan boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida O‘zbekiston-Xitoy ilmiy simpoziumi doirasida bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Forum ish faoliyati MОХI direktori Javlon Vaxabovning Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi prezidenti Gao Syan bilan ikki tomonlama uchrashuvidan boshlandi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar ikki davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati va rivojlanish istiqbollari, ilmiy muloqotni kengaytirish, qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, ilmiy kadrlar va ekspertlar almashinuvi masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv davomida institutsional aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoyning tegishli ilmiy markazlari o‘rtasida barqaror hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida MОХИ kutubxona fondiga Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining ilmiy nashrlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom