Voqealar
04.12.2025
|
178
MOXIda Rossiya Fanlar Akademiyasi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025 yil 20-noyabr kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Abdulaziz Kamilov Rossiya Fanlar Akademiyasi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti prezidenti Aleksandr Dinkin bilan uchrashdi.

Uchrashuv ilk bor mintaqada o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo: mintaqaviy rivojlanish yo‘lidagi global to‘siqlar” mavzusidagi “Primakov o‘qishlari” xalqaro ilmiy-ekspert forumining sayyor yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi strategik sherikchilik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar, shuningdek mintaqaviy va xalqaro jarayonlar bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Ayniqsa, ikki davlat o‘rtasida ilmiy-ekspertlar muloqotini kengaytirish, sohaga oid yetakchi mutaxassislar ishtirokida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, shuningdek o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash hamda hamkorlikdagi tashabbuslarni samarali amalga oshirishga xizmat qiladigan amaliy takliflar ishlab chiqishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mintaqaning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

“Primakov o‘qishlari” Forumining sayyor forum Markaziy Osiyo Xalqaro instituti hamda Rossiya Fanlar Akademiyasi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti tomonidan hamkorlikda tashkil etildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom