Yaponiya O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturini izchil qo‘llab-quvvatlamoqda. Tokio mamlakatda infratuzilma va inson salohiyatini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik umumiy mintaqaviy ustuvorliklarga erishishning kalitidir.
Uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam ravishda o‘tkazilayotgan Maslahat uchrashuvlari o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan, Yaponiya diplomatik missiyasi rahbari “Markaziy Osiyo+” formatlari, jumladan, “Markaziy Osiyo+Yaponiya” mexanizmi doirasida o‘z mamlakati bilan hamkorlik qilish samaradorligiga e’tibor qaratdi.
Shuningdek, Yaponiya tahlil markazlari bilan qo‘shma tadbirlar va konferensiyalar o‘tkazish bo‘yicha ijobiy tajriba almashishda tomonlarning o‘zaro hamkorligi muhimligi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan Yaponiya tomoni IICA va global xavfsizlik va barqarorlik boʻyicha tahliliy markaz – Yaponiya xalqaro munosabatlar instituti (YXMI) oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi, bu esa amaliy hamkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, qo'shma tadbirlarni tashkil etishdir.