Uchrashuv Tbilisida Gruziya strategik va xalqaro tadqiqotlar jamg‘armasi – Rondeli jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan xavfsizlik bo‘yicha konferensiya doirasida bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o‘rtasidagi tobora chuqurlashib borayotgan aloqalar fonida ekspertlik hamkorligi istiqbollarini muhokama qildilar. Barqaror rivojlanish, mintaqaviy barqarorlik va transchegaraviy hamkorlik bo‘yicha tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratildi.
Javlon Vahabov MOXI tomonidan GRASS bilan barqaror muloqotni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma tadqiqotlar olib borish, tahliliy materiallar almashish, ekspert maslahatlari va xalqaro forumlarda ishtirok etish masalalarida katta qiziqish borligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida ikki institut o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy qadam sifatida tomonlar o‘zaro manfaatli dolzarb masalalar yuzasidan ekspertlik muloqotini ilgari surishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli sheriklikni yo‘lga qo‘yish va aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.
GRASS (Georgia’s Reforms Associates) — 2012-yilda Tbilisida tashkil etilgan mustaqil tahliliy markaz bo‘lib, tashqi siyosat bo‘yicha tadqiqotlarga ixtisoslashgan va Janubiy Kavkaz mintaqasida islohotlarni ilgari surish hamda tahliliy hamjamiyatni rivojlantirish bilan faol shug‘ullanadi.