Uchrashuv davomida O‘zbekiston hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarning, shu jumladan tahliliy markazlar doirasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va uni yana-da chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xususan, Lea Triyes O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik barcha ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha sezilarli darajada faollashganligi, sifat jihatidan esa yangi bosqichga ko‘tarilganligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2025-yilda Bryusselga amalga oshirgan tashrifi, shuningdek Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi Toshkent va Bryussel o‘rtasidagi uzoq muddatli strategik hamkorlik uchun yangilangan, yana-da mustahkam poydevor yaratdi.
Bundan tashqari, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formati doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikning faol rivojlanayotganligi ta’kidlandi. Yevropa Komissiyasi xizmati dastur menejeri qayd etganidek, 2025-yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” Samarqand sammiti mintaqalararo muloqotni institusionallashtirishda muhim bosqich bo‘lib, ikki mintaqa o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va ekspertlarhamkorligini yana-da chuqurlashtirishga qo‘shimcha turtki berdi.
Yevropa Komissiyasining Tashqi siyosat vositalari xizmati (FPI) – bu Yevropa Ittifoqining inqirozlarning oldini olish va ularni hal etish, tinchlik hamda xavfsizlikni mustahkamlash, shuningdek hamkor mamlakatlarda barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashqi siyosat vositalarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul tarkibiy bo‘linmasidir.