Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
02.05.2023
|
75
Cho‘n –Oloyda Pomir hududidagi qirg‘izlar uchun 400 ta yangi uy-joylar qurib beriladi
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti S.Japarov tashabbusi bilan O‘sh viloyatining Cho‘n-Olay tumanida pomir qirg‘izlari uchun 400 ta uy-joy qurilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Qurilish ishlari shu yilning may oyida boshlanishi ko‘zda tutilgan. Barcha uylar issiqlik, elektr energiyasi va farovon turmush sharoiti uchun zarur barcha qulayliklar   bilan ta’minlanadi.

Mamlakat rahbariyati Afg‘oniston Islom Respublikasining Kichik va Buyuk Pomir hududlarida yashovchi  qirg‘izlarni to‘liq ko‘chirish uchun  zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.  Ushbu maqsadlar yo‘lida mamlakat yetarli kuch va salohiyatga ega.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom