Asosiy tezislar:
✅ Zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, rivojlanayotgan davlatlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida BMT Xavfsizlik Kengashining tarkibini kengaytirish;
✅ O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazish;
✅ Osiyo xotin-qizlar forumini doimiy platformaga aylantirib, muntazam o‘tkazib borish;
✅ EKOSOS va YUNKTAD shafeligida Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazish;
✅ YUNIDO bilan Markaziy Osiyoda sanoatda “yashil” texnologiyalar mintaqaviy xabini tashkil etish;
✅ Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha dasturlarni qabul qilish;
✅ BMT Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy sheriklik va iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini tasdiqlash;
✅ Afg‘oniston orqali o‘tuvchi xalqaro transport va energetika koridorlarini rivojlantirishga ko‘maklashish haqida BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasini qabul qilish;
✅ G‘azo sektorida harbiy harakatlarni to‘xtatish va BMT rezolyutsiyalariga muvofiq “ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyilini amalga oshirish;
✅ BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining mintaqaviy ofisini O‘zbekistonda ochish;
✅ “Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun o‘zaro transport bog‘liqligini mustahkamlash” global mexanizmini joriy etish;
✅ Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va Orol dengizi ekotizimini tiklash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish;
✅ O‘zbekistonda suvni tejash bo‘yicha butunjahon forumini o‘tkazish;
✅ Gumanitar sohada beg‘araz hamkorlikka qaratilgan Xalqaro hamkorlik mexanizmi yaratish;
✅ “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ni ta’sis etish va uning qarorgohini O‘zbekistonda joylashtirish
Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/8525