Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
30.10.2025
|
95
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni Samarqand shahrida UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida nutq so’zladi.
O‘zbekiston rahbari bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

 Asosiy tezislar:

✅ YUNЕSKOning alohida ehtiyojli bolalar uchun Inklyuziv ta’limni rivojlantirish platformasini joriy etish;
✅ Jahon professional ta’lim sammitini o‘tkazish;
✅ sun’iy intellektni ta’lim tizimiga keng joriy etish maqsadida O‘zbekistonda YUNЕSKO ishtirokida “Sun’iy intellekt – maktab” namunaviy loyihasini amalga oshirish;
✅ YUNЕSKO shafeligida Sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha xalqaro ekspertlar anjumanini o‘tkazish;
✅ 19-noyabrni “Hujjatli meros xalqaro kuni”, deb e’lon qilish;
✅ YUNЕSKO tuzilmasiga kiradigan Raqamli meros bo‘yicha xalqaro institutni tashkil etish;
✅ Buxoroda 2027-yili hunarmandchilik bo‘yicha YUNЕSKO Ijodkor shaharlar tarmog‘ining xalqaro kongressni o‘tkazish;
✅ eng ilg‘or tajriba va amaliyotini o‘rganish, bilimlar almashish maqsadida Xotin-qizlar yetakchiligi bo‘yicha YUNЕSKO akademiyasini tashkil etish;
✅ Samarqandda xotin-qizlarning Ta’lim, madaniyat va fan sohasidagi global forumini o‘tkazish;
✅ atrof-muhitga mas’uliyat bilan yondashayotgan, “yashil” dasturlarni muvaffaqiyatli tatbiq etayotgan shaharlarni alohida e’tirof etish va rag‘batlantirish bo‘yicha “YUNЕSKOning Ekologik poytaxti” global tashabbusini ilgari surish;
✅ YUNЕSKO Ijroiya Kengashining “Globallashuv va iqlim o‘zgarishlari sharoitida madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyasini ishlab chiqish;
✅ Xivada Globallashuv va iqlim o‘zgarishlari sharoitida madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha xalqaro simpozium o‘tkazish;
✅ virtual makonda noxolis axborotlarni tarqatish, jamoatchilik fikrini chalg‘itish, diskriminatsiyaga qarshi birgalikda samarali choralar ko‘rish;
✅ yosh avlodning eng yaxshi ijodiy ishlari, multimedia g‘oyalarini o‘zaro almashish uchun Bolalar madaniy kontenti xalqaro festivalini o‘tkazish;
✅ YUNЕSKOning Media savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli strategiyasini ishlab chiqish;
✅ O‘zbekistonda amalga oshirilgan noyob loyihalar – Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband tadqiqot markazlari salohiyatidan birgalikda foydalanish.

 Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/8611

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom