O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
09.09.2026
|
83
Qardosh tojik xalqini Tojikiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin dildan tabriklaymiz!
Xalqlarimizni ko‘p asrlik tarix, umumiy madaniy an’analar, ma’naviy yaqinlik va qardoshlik rishtalari bog‘lab turadi. Bugungi kunda O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilgan.

Bunda prezident Emomali Rahmonning Buxoroga tashrifi chog‘ida Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi o‘tkazilgani muhim bosqich bo‘ldi. Bu voqea qo‘shma loyihalarga, savdo va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga, transport aloqalarini rivojlantirishga, shuningdek, suv-energetika va gumanitar sohalardagi hamkorlikka yangi sur’at bag‘ishladi.

O‘zbek-tojik hamkorligining mustahkamlanishi ikki qardosh xalq manfaatlariga mos bo‘lib, butun Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotga xizmat qiladi.

Tojikiston xalqiga farovonlik, ravnaq va yangidan-yangi zafarlar tilaymiz!

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom