Anjuman Strategik va xalqaro tadqiqotlar jamğarmasi (Estoniya) hamda Fridrix Ebert jamğarmasi (Germaniya) bilan hamkorlikda taşkil etilmoqda.
Konferensiyada davlat organlari va xalqaro moliya taşkilotlari vakillari, yetakçi tahlil markazlari rahbarlari va ekspertlari, şuningdek, Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz, Yevropa va AQŞ tadqiqotçilari iştirok etadi.
Iştirokçilar geosiyosiy özgarişlarning transport va iqtisodiy hamkorlikka ta’siri hamda uşbu aloqalarni rivojlantirişda siyosiy barqarorlikning ahamiyatini muhokama qiladilar. Alohida sessiya Örta yölakning ötkaziş quvvati va raqobatbardoşligini oşiriş böyiça amaliy çoralarga bağişlanadi.
Bojxona tartib-taomillarini soddalaştiriş va yuk taşiş jarayonlarini raqamlaştirişga alohida e’tibor qaratiladi. Ekspertlar, şuningdek, yölak böylab joylaşgan mamlakatlar tranzitdan iqtisodiy naf körişi uçun logistika va işlab çiqarişga investitsiya jalb etiş imkoniyatlarini körib çiqadilar.
Konferensiya yakunida barqaror mintaqalararo aloqalarni rivojlantiriş böyiça amaliy takliflar işlab çiqilişi rejalaştirilgan.