Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
10.11.2026
|
71
Qirğiziston Andijonda boş konsulxona oçadi
Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Andijonda mamlakat boş konsulxonasini ta’sis etiş töğrisidagi farmonni imzoladi. Konsullik okrugi Özbekistonning Andijon, Farğona va Namangan viloyatlarini qamrab oladi.
Boş konsulxona Qirğiziston fuqarolariga konsullik xizmatlarini körsatiş va ularning huquqlarini himoya qiliş bilan şuğullanadi, şuningdek, iqtisodiy hamda madaniy hamkorlikni kengaytirişga kömaklaşadi.
Vakolatxona oçiş töğrisidagi qaror 2026-yil iyul oyida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qirğizistonga davlat taşrifi çoğida e’lon qilingan edi. Sadir Japarovning sözlariga köra, uşbu qadam fuqarolarning bordi-keldisini osonlaştiradi hamda savdo, turizm va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirişga xizmat qiladi.