Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
12.11.2026
|
72
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Antaliyada BMT Iqlim özgarişi töğrisidagi Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasida (COP31) nutq sözladi.
Davlatimiz rahbari Özbekistonning iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş borasidagi natijalari haqida söz yuritdi. Mamlakatimiz yalpi içki mahsulot birligiga töğri keladigan issiqxona gazlari çiqindilarini 35 foizga qisqartiriş maqsadini muddatidan oldin bajarib, 2035-yilga borib bu körsatkiçni 50 foizga yetkaziş böyiça yangi marrani belgiladi. Bundan taşqari, ön yil içida iqtisodiyotning suv siğimi deyarli ikki baravarga kamaydi. Yaqin tört yilda elektr energiyasi işlab çiqarişda qayta tiklanuvçi manbalarning uluşi 54 foizga yetadi.

Prezident ta’kidlaganidek, iqlim tahdidlari davlat çegaralarini bilmaydi. Muzliklarning erişi, suv tanqisligi va keskin qurğoqçilik butun Markaziy Osiyo uçun umumiy muammolarga aylanmoqda. Iqlim muammolariga heç bir davlat yolğiz holda yeçim topa olmasligini qayd etib, davlatimiz rahbari Markaziy Osiyoning Iqlim integratsiyasi modelini rivojlantiriş taşabbusini ilgari surdi.

Uşbu hamkorlikni uçta asosiy yönalişdan boşlaş taklif etildi:

Axborot yönalişi — Jahon meteorologiya taşkiloti kömagida iqlim xavf-xatarlari töğrisida ma’lumot almaşiş infratuzilmasini yaratiş. Bu tabiiy ofatlar haqida erta ogohlantiriş tizimlari hamda sekin-asta yuzaga keladigan tabiiy ofatlarni birgalikda monitoring qiliş mexanizmlarini qamrab oladi;

Texnologik yönaliş — tuproqni qayta tiklaş, qurğoqçil hududlarda uglerodni yutiş, çang va qum böronlariga qarşi kuraşiş uçun “yaşil” texnologiyalarni joriy etiş, şuningdek, Markaziy Osiyoning “Eco Expo” körgazmasini doimiy investitsiya va texnologiyalar maydoniga aylantiriş;

Moliyaviy yönaliş — taraqqiyot banklari va maqsadli jamğarmalar bilan birgalikda yangi kömak vositalari, jumladan, imtiyozli grantlar hamda “moviy” va “arid” moliyalaştiriş mexanizmlarini işlab çiqiş.

Şavkat Mirziyoyev kelgusi yildan Özbekiston Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raislik qilişini ham ma’lum qildi. U mamlakatlar va xalqaro taşkilotlarni iqlim integratsiyasi ğoyasini amaliy qadamlar bilan qöllab-quvvatlaşga çaqirib, uşbu modelni dunyoning boşqa manfaatdor mintaqalarida ham qöllaşni taklif etdi.

“Ona sayyoramizni asrab-avaylaş barçamizning insoniy burçimizdir”, — deya ta’kidladi davlatimiz rahbari nutqi yakunida.

Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/9850 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom
Savolingiz bormi? AI Maslahatchi
IICA AI
IICA Virtual Assistant
Onlayn