O’ZBEKISTON
26.08.2025
MOXI direktori 8-Markaziy Osiyo ekspertlar forumida: “Hamkorlik chuqurlashmasa, Markaziy Osiyo har yili milliardlab mablag‘lardan mahrum bo‘ladi”
Markaziy Osiyo Xalqaro instituti (MOXI) 14–15 avgust kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan 8-Markaziy Osiyo ekspertlar forumining hammuassisi sifatida qatnashdi. Tadbir mintaqa va hamkor davlatlardan hukumat idoralari, diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar, biznes, ekspert hamjamiyati hamda akademik doira vakillarini bir maydonga jamladi.