Voqealar
07.05.2025
|
108
MOXI vakillari Toshkentdagi Fransuz musiqa festivalida ishtirok etdilar
2025-yil 30-aprel kuni O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining Katta zalida 11-apreldan 30-aprelgacha bo‘lib o‘tgan Fransuz musiqa festivalining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur festival Fransiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi, Davlat konservatoriyasi va O‘zbekiston Davlat simfonik orkestri ko‘magida tashkil etildi.
Yakuniy konsert dasturidan Moris Ravel, Klod Debyussi, Kamil Sen-Sans kabi fransuz musiqa klassiklari asarlari o‘rin oldi. Ularni Davlat simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijyori Kamoliddin Urinboyev boshchiligida ijro etdi.
Konsertda taxminan 500 nafar mehmon, jumladan, diplomatik korpus vakillari, vazirlik va idoralar mutasaddilari, shuningdek, madaniyat va ilmiy jamoatchilik namoyandalari ishtirok etdi.
Tadbir yakunida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aureliya Bushe barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, bu kabi tashabbuslarning mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.