Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
18.08.2025
|
219
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston pensiya taʼminoti boʻyicha kelishuvlarni muvofiqlashtirdi
11–14 avgust kunlari Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Pensiya jamgʻarmasi va Qirgʻiziston Sotsial jamgʻarmasi pensiya taʼminoti va davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi kelishuv loyihalarini oldindan kelishib oldi.
elishuvlar fuqarolarning teng huquqliligini taʼminlaydi, pensiya toʻlovlarini toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirishni yoʻlga qoʻyadi hamda ikki karra sugʻurta toʻlovlarini istisno etadi. Shuningdek, xizmat stajini yigʻish va xizmat safarida boʻlgan shaxslar uchun maxsus qoidalar nazarda tutilgan.
Mazkur hujjatlar ijrosi nafaqat fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytiradi, balki yirik infratuzilma loyihalari doirasida hamkorlikni mustahkamlaydi.