O’ZBEKISTON
13.10.2026
O‘zbekiston va Gruziya o‘zaro savdo hajmini $1 milliardga yetkazishni maqsad qilmoqda
Tsinandalida Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston–Gruziya hukumatlararo komissiyasining 11-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar erkin savdo rejimi doirasida savdoni kengaytirish chora-tadbirlari hamda sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi, energetika va moliya sohalaridagi qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.